Google Sheets hisob tizimlari
Kirim-chiqim, ombor qoldig'i va qarzdorlik hisobini bitta tartibli jadvalda yuritish.
Excel va Google Sheets bo'yicha o'qituvchiman. Biznes uchun hisob tizimlari yarataman va kundalik ishlarni avtomatlashtiraman.
Biznes jarayonlaridagi tartibsizliklarni aniq, vaqtni tejaydigan va avtomatlashtirilgan tizimlarga aylantiraman. Asosiy maqsadim — murakkab ishlarni oddiy va xatosiz ishlaydigan mexanizmga o'tkazish.
Kirim-chiqim, ombor qoldig'i va qarzdorlik hisobini bitta tartibli jadvalda yuritish.
Apps Script yordamida takroriy ishlarni avtomatlashtirish va Telegram botni jadvalga ulash.
Pul aylanmasi va asosiy ko'rsatkichlarni bir qarashda ko'rsatadigan interaktiv hisobotlar.
Quruq nazariyasiz, real biznes vazifalari ustida o'tiladigan amaliy darslar.
Brauzerda ishlaydi, ro'yxatdan o'tish shart emas.
So'z va savollarni yozasiz — dastur bir necha xil variant tuzib beradi. Tayyor krossvordni PDF yoki Word'da yuklab olasiz yoki chop etasiz.
Savollarni yozing yoki Word va Excel'dan qo'ying — aralashtirilgan variantlar, javoblar kaliti va blankalar tayyor bo'ladi. Testni shu yerda onlayn topshirish ham mumkin.
Rasmiy ma'lumotnoma shaklini to'ldiring — 3×4 rasm, mehnat faoliyati va qarindoshlar jadvali bilan tayyor hujjatni PDF yoki Word'da yuklab oling.
Rasm ustiga bosing — barcha rasmlar kattalashib ochiladi.
Loyiha g'oyangiz yoki savolingiz bormi? O'zingizga qulay usulda bog'laning — tez orada javob beraman.